Joriy yilning 17-iyun kuni Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmanovning kafedralardagi o’zgarishlar, kafedralarning kelajakdagi istiqbolli rejalarni amalga oshirish, professor-o’qituvchilar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Vagonlar va vagon xo’jaligi” kafedrasiga tashrif buyurdi. Kafedra mudiri Rustam Raximov kafedrada olib borilayotgan o’zgarishlar professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish yuzasidan loyiha va taqdimotlar bilan tanishtirdi. Universitet rektori Odil Abdurahmanov “Vagonlar va vagon xo’jaligi” kafedrasiga yangi innovatsion texnologiyalar yordamida barpo etilayotgan yuk tashuvchi vagonlarni ishlab chiqish va ularni ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqarish va loyihalash vazifasi qo’yildi.