Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti talabalari magistrlik darajasini xalqaro miqyosda himoya qildi

Transport universiteti talabalari magistrlik darajasini xalqaro miqyosda himoya qildi

Toshkent davlat transport universiteti va Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg davlat yo’l aloqalari universiteti bilan hamkorlikda ikki tomonlama diplom dasturi doirasida magistrlik dissertatsiya himoyasi o’tkazildi.

Peterburg davlat yo’l aloqalari universiteti uchun ham yangilik sanalgan ushbu jarayonning asosiy maqsadi qobiliyatli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga xorijlik ekspertlarni jalb qilish, yosh olimlar o’rtasida o’zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini rivojlantirish, o’zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib berish, yoshlarni fan-texnika taraqqiyoti yo’lida birlashtirishga qaratildi.

Toshkent davlat transport universiteti “Transport harakatini tashkil etish” va Peterburg davlat yo’l aloqalari universitetining “Logistika va tijoriy ishlar” kafedralari professor-o’qituvchilari tarkibidan tuzilgan hay’at a’zolari magistratura talabalarining dissertatsiyalarini muhokama qildi.

Universitet talabalari Sherzod Mirzatov, Ma’ruf Po’latov, Azizjon Yusupov, Ibrohim Dalaboyev va Ozodbek Abduraximovlarni magistr darajasi bilan qutlaymiz.

Leave a Reply