Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti talabalari “Obod mahalla” qurilishlarida faol ishtirok etmoqda.

Transport universiteti talabalari “Obod mahalla” qurilishlarida faol ishtirok etmoqda.

 

Toshkent davlat transport universiteti talabalarining amaliyotini samarali tarzda tashkil etish maqsadida mamlakatimizdagi mahalliy va xorijiy qo’shma korxonalar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan davlat dasturlarida ham faol ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

O’zbek-Belarus qo’shma fakulьtet talabalari amaliyot davrida Sergeli tumanidagi Sanoat zonasida joylashgan Asfaltbeton zavodiga borib, qurilish qorishmasini tayyorlash texnologik jarayonini o’rganishdi. Texnologik amaliyot talabalarning “Yo’l qurilish materiallari”, “Avtomobil yo’llarini loyihalash”, “Avtomobil yo’llarini qurish” fanlariga oid nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Talabalar “Obod mahalla” dasturi bo’yicha qurilayotgan shahar ko’chalarini loyihalash, qurish va obodonlashtirish ishlarida faol qatnashishmoqda. Zamonaviy shaharsozlik loyihaviy tarkibidagi ko’cha-yo’l tarmog’ini oqilona yechimlari bo’yicha mutaxassislarning fikr-mulohazalari o’rganmoqdalar. Bu o’z navbatida talabalarga Minskka ketish oldidan nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashga asos bo’lmoqda.