Qozog’istonning Atirau shahrida sportning dzyudo turi bo’yicha Xalqaro turnir bo’lib o’tmoqda. Unda Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Rossiya hamda O’zbekistondan kelgan 300 dan ortiq sportchi qatnashyapti. Musobaqa g’olib va sovrindorlariga pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg’alar qo’yilgan. Musobaqada Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot fakulteti tyutori Rustamov Erbol faxrli 1-oʻrinni olib, mamlakatimiz bayrog’ini yuqori ko’tarishga erishdi.