Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti va Polsha Respublikasining intellektual transport tizimlari assotsiatsiyasi oʻrtasida kelishuv imzolandi

Transport universiteti va Polsha Respublikasining intellektual transport tizimlari assotsiatsiyasi oʻrtasida kelishuv imzolandi

Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati Polsha Respublikasining intellektual transport tizimlari assotsiatsiyasi prezidenti Marek Litvin bilan uchrashdi va kelishuv imzolandi. Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati 2022-yil 16-17 may kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa intellektual transport tizimlari kongressiga taklif qilindi.
Hozirgi kunda Transport universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahridagi 40 ta tirband chorrahalardagi transport oqimini aniqlash, chorrahalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunda asosiy e’tibor ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda ushbu yechimlarni Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish jarayonida keng tatbiq etish uchun “ARCCON” , “ATAC”, “SIMMETRA”, “A+C proyekt” kabi kompaniyalarining xorijiy ekspertlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Bu borada transoprt oqimini o‘lchash jarayonlarida “TRASSA” ko‘chma yo‘l laboratoriyasi bilan bir qatorda 28 ta kameralar o‘rnatish jarayoni olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda jamoat transportini yaxshilash bo‘yicha aholi fikri ham o‘rganilmoqda. Tirband 140 chorrahani o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun ilmiy asoslangan yondashuvlar, ilg‘or xorijiy texnologiya va dasturiy vositalar asosida olib borishga alohida diqqat qaratib kelmoqda. Bunda Turkiyaning ARCCON muhandislik kompaniyasi mutaxassislari: Savash Erishen, Djixan Gyoktug, Orxun Shishek bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!