Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti va Varshava politexnika universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi

Transport universiteti va Varshava politexnika universiteti oʻrtasida memorandum imzolandi

Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi Varshava politexnika universiteti yoʻllar va koʻpriklar qurish instituti direktori, fuqarolik qurilishi sohasini standartlashtirish boʻyicha Yevropa qoʻmitasi (CEN) aʼzolari professor Lyudomir Shubert, professor Xenrik Zobel va Yan Litvinskiylar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Uchrashuv davomida yoʻllar va koʻpriklar qurilishi va ekspluatatsiyasini loyihalashtirish sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlanishi borasida ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishilib, tegishli memorandumlar imzolandi.

Bundan tashqari, delegatsiya Scopus maʼlumotlar bazasida alohida oʻringa ega Polsha fanlar akademiyasi Varshava Politexnika universiteti “Archives of Civil Engeneering” ilmiy jurnali tahririyati ishi bilan ham tanishdi.Tahririyat rahbariyati tomonidan, ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy maqolalarni nashr etish borasida hamkorlik tashabbusi ilgari surildi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!