Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti vakillari Ozarbayjon texnika universitetiga tashrif buyurdi

Transport universiteti vakillari Ozarbayjon texnika universitetiga tashrif buyurdi

Toshkent davlat transport universiteti vakillari Umid Abdurazzoqov va Kamoliddin Ziyayev Ozarbayjon texnika universitetida tashrif bilan bo‘lishdi. Tashrif doirasida AzTU rektori Viloyat Valiyev hamda universitet professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda “Icherishehar” davlat tarixiy-arxitektura qo‘riqxonasi, “Ozarbayjon temir yo‘llari” YoAJ va Boku transport agentligi vakillari ham ishtirok etdi. Rektor Viloyat Valiyev mehmonlarni qutlar ekan, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning o‘tgan oy O‘zbekistonga qilgan tarixiy tashrifini esladi. Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy ildizlarga bog‘liq munosabatlar Prezident Ilhom Aliyevning ushbu mamlakatga tashrifidan so‘ng yanada mustahkamlangani, hamkorlikni rivojlantirishda yangi maqsadlar belgilab berilganini aytdi. Universitet vakillarining AzTUga tashrifidan maqsad zamonaviy texnologiyalar yordamida shaharlarning bosh rejasi va shahar ichidagi harakatlanish (mobillik) rejasini tayyorlash, jumladan, elektromobillarni loyihalash boʻyicha tajriba almashishdan iborat.
So‘ngra universitet vakillari Umid Abdurazzoqov va Kamoliddin Ziyayevlar Toshkent davlat transport universiteti haqida uchrashuv qatnashchilariga ma’lumot berishdi. Yig’ilish davomida Samarqand shahrining mobillik rejasi hamda boshqa tadqiqot ishlarini tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etdilar.

Transport universiteti vakillarining AzTUga tashrifi davom etmoqda.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!