Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti vakillari Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Лужская-Сортировочная” stansiyasi bilan tanishdi

Transport universiteti vakillari Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Лужская-Сортировочная” stansiyasi bilan tanishdi

Joriy yilning 23-may kuni universitet jamoasi – Raximov Rustam Vyacheslavovich, Xadjimuxametova Matluba Adilovna, Kurbanov Jonibek Fayzullayevich va Boltayev Sunnatillo Tuymurodovichlar Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Лужская-Сортировочная” stansiyasi bilan tanishdi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolariga “РЖД” OAK xalqaro boʻlim mutaxassisi Maslennikova Olga Alekseyevna va Sankt-Peterburg temir yoʻllar universiteti kafedra mudiri Korovyakovskiy Yevgeniy Konstantinovichlar hamrohlik qilishdi. Ushbu stansiya Rossiya davlatidagi eng yirik saralash stansiyalaridan biri boʻlib, u eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan. Stansiyaning ish faoliyati bilan stansiya rahbari va qator mutaxassislari delegatsiya aʼzolarini toʻliq tanishtirib chiqishdi. Universitet mutaxassislari ushbu zamonaviy texnologiyalarning ishlash prinsipini, loyihalash tartibini, ekspluatatsion jihatlarini to’liq va mukammal tarzda o’rganib chiqishdi. Ushbu tanishilgan zamonaviy texnologiyalarning milliy analoglarini yaratish borasida bir qancha yangi g’oyalar va fikrlarga ega bo’lishdi. “Лужская-Сортировочная” stansiyasiga tashrif natijalariga koʻra “O’zbekiston temir yo’llari” AJ stansiya va peregonlariga ham zamonaviy va innovatsion loyihalarni tatbiq etish maqsad qilib qo’yildi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!