Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universiteti xodimlari “Yashil makon” loyihasi doirasida 1500 ming tupdan ziyod ko’chat ekdi

Transport universiteti xodimlari “Yashil makon” loyihasi doirasida 1500 ming tupdan ziyod ko’chat ekdi

Joriy yilning 2-fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu yil bahor mavsumida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi.
“Yashil makon“ umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas. Uning doirasida kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt ko‘chatini ekishni maqsad qilganmiz. Bu umummilliy harakatning natijasi har bir mahallada ko‘rinishi kerak, bu savobli ishni havas bilan qilish kerak», — deb ta’kidlagandilar yig’ilishda davlatimiz rahbari.
Loyiha yuzasidan ayni kunlarda universitet jamoasi Toshkent shahar Sirg‘ali tumanining “Kum-Аrik” va “Nomdanak” mahallalariga ko‘chat ekish uchun tashrif buyurdi.
Yuzdan ortiq xodimlar ishtirok etayotgan hasharda mahallalar hududiga ayni damgacha 1500 ta turli xil mevali daraxtlar ekildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko’chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!