Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universitetida dunyoning nufuzli ilmiy-elektron bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi

Transport universitetida dunyoning nufuzli ilmiy-elektron bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi

Toshkent davlat transport universiteti professor-o’qituvchi, xodimlari va talabalarining ilmiy salohiyatini, tajriba almashishlari va dunyodagi zamonaviy texnologiyalari, fan va texnika yangiliklari haqida batafsil ma’lumot olishlari uchun dunyoning nufuzli ilmiy-elektron bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

1.»Scopus» bazasi 21000 nomdagi ilmiy-texnik va tibbiyot jurnallarini, 5000 ga yaqin xalqaro nashriyot nashrlarini o’zida jamlagan. Scopus elektron ma’lumotlar bazasiga http://www.scopus.com/ havolasi bo‘yicha universitetimiz lokal tarmog’i orqali to’g’ridan to’g’ri kirish imkoniyati yaratildi.

2.«SciVal» dunyo bo’ylab 234 mamlakatdan 21 300 dan ortiq tadqiqot institutlari va ular bilan bog’liq tadqiqotchilarning tadqiqot natijalariga kirish imkonini beradi. 5000 dan ortiq nashriyotlarning 22 000 dan ortiq jurnallaridan 55 milliondan ortiq nashr yozuvlarini bir zumda tahlil qilish imkonini beradi.
Platformaga http://www.scival.com/ havolasi bo‘yicha universitetimiz lokal tarmog’i orqali to’g’ridan to’g’ri kirish imkoniyati yaratildi.

3.»BEGELL HOUSE» platformasiga https://www.begellhouse.com/havolasi bo‘yicha universitetimiz lokal tarmog’i orqali to’g’ridan to’g’ri kirish imkoniyati yaratildi. Shuningdek universitet hududidan tashqarida ushbu platformadan foydalanishimkoniyati mavjud.
LOGIN: tashkentstatetransuniv
PAROL: X#nL+72&

4.»EBSCO» turli foydalanuvchi guruhlar uchun 200 dan ortiq ilmiy va texnik ma’lumotlar bazasidan tashkil topgan platforma hisoblanadi. Ushbu platformada 30 mingdan ortiq kitoblar, risolalar, gazeta, ma’lumotnomalar va tahliliy sharhlar, 300 mingdan ortiq elektron nashrlar va audiokitoblar mavjud. Bu ko’p tarmoqli ma’lumotlar bazasidan siz 4600 dan ortiq jurnallarning to’liq matnlarini topishingiz mumkin. Bundan tashqari Talabalar va professor-o’qituvchilar uchun mo’ljallangan biznes sohasidagi tadqiqotlarga bag’ishlangan 23,000 kitoblardan foydalanish imkoniyati ham mavjud. EBSCOhost platformasiga http://search.ebscohost.com/ havolasi bo‘yicha universitetimiz lokal tarmog’i orqali to’g’ridan to’g’ri kirish imkoniyati yaratildi.
LOGIN: s6676743
PAROL: Research123!@#

5.O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xorijiy ilmiy dasturlardan foydalanish hamda UzNel, Diss.natlib.uzibs.natlib.uzPress.natlib.uz bazalaridan foydalanish.

6.Hozirgi vaqtda «умц ждт» 1700 nomidan ko’proq narsani o’z ichiga oladi. Elektron kutubxonaga kirish (https://umczdt.ru/books/)sayt orqali taqdim etiladi www.umczdt.ru (ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazish to’g’risidagi guvohnoma el № FS77 – 71588). Abonentlar 160 dan ortiq tashkilot, Rossiya va MDH davlatlarida ta’lim muassasalari.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!