Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universitetida startap loyiha g’oliblari taqdirlandi

Transport universitetida startap loyiha g’oliblari taqdirlandi

Toshkent davlat transport universitetida “Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar” I tanlovining qator nominatsiyalar bo’yicha g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Talabalar, tadqiqotchilar, umuman, ilmga chanqoq iqtidorli universitet yoshlarining innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash bo’yicha bilimini oshirish, shuningdek, loyihalar ishlab chiqish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ushbu tanlovga 92 innovatsion ishlanmalar taqdim etildi.

To’rt yo’nalishda tashkil etilgan tanlovda transport sohasining innovatsion ehtiyojlarini o’rganilganlik darajasiga e’tibor qaratildi.

“Eng yaxshi innovator qiz” yo’nalishi transport tarmoqlarida o’z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini joriy etish maqsadida bo’lgan iqtidorli talaba qizlar uchun o’ziga xos sinov vazifasini o’tadi.

Tanlov g’oliblari Transport universitetining sertifikati va planshet bilan taqdirlandi.