Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universitetida stritbol sport turniri davom etadi

Transport universitetida stritbol sport turniri davom etadi

Toshkent davlat transport universiteti sport sog’lomlashtirish kompleksida “Basketbol festivali-2021” bo’lib o’tmoqda. 12 iyunь kuni mazkur festivalning ochilish marosimi o’tkazildi.

O’zbekiston Basketbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu festivalda yuzlab tomoshabinlar o’z oilalari va yaqinlari bilan ishtirok etishdi.

Festival doirasida basketbolning OPEN CUP 3×3 tasnifiga kiruvchi O’zbekiston kubogi bahslariga ham start berildi. Turnirda yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan 16 va18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar va qizlar hamda 18 yoshdan katta erkak va ayollar jamoalar ishtirok etmoqda. Turnirning dastlabki, 12 iyun kuni saralash o’yinlari tungi 23:00 ga qadar davom ettirilib, 16 va 18 yoshdagi o’smirlar yigitlar va qizlar jamoasi finalchilariga aniqlik kiritildi.

Bugun, 13 iyun sanasida Olimpida dasturiga kiritilgan ushbu sport turi bo’yicha final o’yinlari bo’lib o’tadi. Bugungi dasturlarda katta sport shousi, ko’ngilochar dasturlar, bolalar uchun qiziqarli o’yinlar tashkil etilishi ham ko’zda tutilgan.

P.S. Ushbu turnirning final bahslari soat 21:00 dan boshlab “Sport” telekanalida to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Bugun yakshanba, dam olish kuni. Universitetimiz sport maydonlarida o’tkazilayotgan turnirga taklif qilib qolamiz!

1 Response

Leave a Reply