Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universitetida Xalqaro olimpiya kuni nishonlandi

Transport universitetida Xalqaro olimpiya kuni nishonlandi

Bugun, 23 iyun kuni butun jahon bo’ylab Xalqaro olimpiya kuni nishonlanmoqda. Shu jumladan Toshkent davlat transport universiteti va O’zbekiston stol tennisi federatsiya tashabbusi bilan sport fahriylari ishtirokida ham ushbu bayram keng nishonlandi.

Universitet stol tennisi sport turiga ixtisoslashgan zalda sport fahriylari o’rtasida musobaqa o’tkazildi.

Stol tennisi bo’yicha musobaqada ishtirok etgan sport fahriylari ko’rsatilgan e’tibor va tashkil etilgan turnirdan mamnun ekanliklarini bildirib, universitet rahbariyatiga o’z minnatdorchiligini izhor qildilar.

Leave a Reply