Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universitetida zamonaviy o‘quv trenajyor-simulyatorlar ishga tushirildi

Transport universitetida zamonaviy o‘quv trenajyor-simulyatorlar ishga tushirildi

Toshkent davlat transport universiteti “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasida «ТЕП70БС» yo‘lovchi teplovozi va «3ЭС5К ЕРМАК» magistral elektrovozi o‘quv trenajyor-simulyatorlari o‘rnatildi va ishga tushirildi.

O‘quv trenajyor-simulyatori mashinist va mashinist yordamchilarini poezdni boshqarishning oqilona usullari, ma’lum bir yo‘l uchastkasi sharoitlariga yaqin muhitda favqulodda harakat qilishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu zamonaviy o‘quv trenajyor-simulyatorlari universitetda tahsil olayotgan talabalarning lokomotiv xo‘jaligi va lokomotivlarni boshqarish to‘g‘risidagi ko‘plab ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!