Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport universitetiga Malayziyaning MARA Texnologiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Transport universitetiga Malayziyaning MARA Texnologiya universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

Joriy yilning 21-sentabr kuni Malayziyaning MARA texnologiya universiteti delegatsiyasi Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Malayziyaning MARA Texnologiya universitetidan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilari universitet xalqaro boʻlimi, “Qurilish muhandisligi” fakulteti,“Oliy matematika” kafedrasidan professor-o’qituvchlar ishtirok etdi.
Universitetning “Kompyuter va matematika fanlari” fakulteti hamkorligida universitet bilan qoʻshma ta’lim loyihalarini rejalashtirish, hamkorlik bo’yicha memorandumni ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
Maʼlumot uchun: MARA texnologiya universiteti 1956 yil tashkil etilgan bo’lib, Malayziya Podtoki patronaji ostida faoliyat yuritadi va mamlakatning eng yirik davlat oliygohlaridan hisoblanadi. “QS Rankings” jahon reytingida 651-o’rinni egallaydi. Universitetning mamlakat bo’ylab 34 ta filiali mavjud. Ta’lim muassasasi 500 dan ortiq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlarida ta’lim dasturlarini taqdim etadi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!