Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

TRANSPORT VA LOGISTIKA: RESPUBLIKA TRANSPORT-TRANZIT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR

“TRANSPORT VA LOGISTIKA: RESPUBLIKA TRANSPORT-TRANZIT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR” mavzusidagi respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13-14-may kunlari Toshkent davlat transport universitetida “TRANSPORT VA LOGISTIKA: RESPUBLIKA TRANSPORT-TRANZIT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR” mavzusidagi respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi transport logistikasining eng dolzarb ilmiy va amaliy muammolarini muhokama qilish hamda iqtisodiyotning turli sohalarida transport-logistika jarayonlarini takomillashtirish asosida resurslar oqimini optimallashtirish bilan bog‘liq kompleks ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiyaning asosiy vazifalari sifatida:

-transport logistikasining ilmiy va amaliy muammolarini hal qilish bo‘yicha tajriba almashish;

-transport logistikasi va yetkazib berishlar zanjirini boshqarishning dolzarb masalalarini muhokama qilish;

-transport va logistika sohasida tadqiqotchilar va mutaxassislar tomonidan olingan ilmiy natijalarni tahlil qilish, ular asosida vakolatli davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari uchun tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Konferensiyaga 200 dan ortiq maqola va tezislar taqdim etilib, shundan 30 tasi xorijiy olimlar tomonidan taqdim etilgan. Konferensiya ishi ilmiy yo‘nalishlariga mos ravishda 4 ta sho’bada tashkil etildi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!