Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport va logistikaga oid ilmiy-texnikaviy konferensiya bo’lib o’tadi

Transport va logistikaga oid ilmiy-texnikaviy konferensiya bo’lib o’tadi

2021-yil 26-27 noyabr kunlari Toshkent davlat transport universitetida “Transport va logistika: respublika transport-tranzit salohiyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar” mavzusida respublika ilmiy-texnikaviy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Konferensiya:

  • Zamonaviy transport –logistika bozori ishtirokchilari faoliyatini tashkil etishning institutsional, tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ta’lim masalalari;
  • Transport-logistika tizimi faoliyatini tashkil etish va boshqarishda raqamli texnologiyalar;
  • Yo‘l tarmoqlarida logistika xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari;
  • Transport logistikasida texnologiyalar, ekologiya va harakat xavfsizligini ta’minlash mavzulari doirasida bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni ilmiy-texnikaviy konferensiyaga taklif qilamiz. Konferensiya 26-noyabr kuni, soat 10:00 da Toshkent davlat transport universitetining anjumanlar saroyida o’tkaziladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram