Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Transport vazirligi departamentlari, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ xodimlari ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

An’anaga muvofiq universitetda Transport vazirligi departamentlari, hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ xodimlari ishtirokida bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda talabalarda transport sohasidagi yirik tashkilotlar faoliyati haqidagi tasavvurini yanada boyitish, sohada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik islohotlarni yanada chuqurroq singdirish, ulkan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish va bitiruvchi yoshlarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirlar joriy yilning 19-apreliga qadar davom etadi, — deydi buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i Maqsud Haydarov. — Talabalarimiz tashkilot tuzilmasi, yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar, faoliyat bilan bog‘liq texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa bitiruvchining kelgusida ish o‘rnini tanlashda albatta as qotadi.

 

Ayni damlarda logistikani raqamlashtirish va rivojlantirish bosh boshqarmasi, tashishlarni tashkil etish boshqarmasi, yuk va tijorat ishlari boshqarmasi, “O’ztemiryo’lovchi” AJ rahbar-xodimlari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram