Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“TRIGGER” loyihasi doirasida muloqot

“TRIGGER” loyihasi doirasida muloqot

Kuni kecha Evropa ittifoqining ERASMUS+ granti doirasida “TRIGGER” loyihasi koordinatori Natasha Urbanchikova (Koshitse texnika universiteti, Slovakiya) bilan online muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda loyihaning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashish sharoitlarini yaratish uchun innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik ko‘nikmalarini yo‘lga qo‘yishda Transport universitetning kelgusidagi vazifalari hamda amaliy ishlari yuzasidan fikr almashildi.
“TRIGGER” loyihasi koordinatori Natasha Urbanchikova Transport universiteti tomonidan loyihada ishtirok etayotgan har bir a’zo bilan tanishdi. Ularning loyihadagi o‘rni, loyiha doirasida belgilangan vazifalari yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Xalqaro loyiha doirasida olib borilayotgan ishlarning tahlili, vazifalarni bajarishda duch kelinayotgan muammollar va uning yechimi kabi masalalar muhokama qilindi.
Loyihaning Transport universitetidagi ijrosi xalqaro koordinator tomonidan ijobiy baholandi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram