Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Turkcell Dijital is Servisleri A.S” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Turkcell Dijital is Servisleri A.S” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent davlat transport universitetida Turkiyaning “Turkcell Dijital is Servisleri A.S” shirkati strategik hamkorlik va biznesni rivojlantirish bo’yicha bosh direktor o‘rinbosari Suhan Bayraktar va “Metag Group” kompaniyasi menejeri Osman Aricanli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida transport sohasidagi raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar muhokama etildi.

Universitet rektori O.Abduraxmanov Suhan Bayraktar bilan transport yo‘llarini raqamlashtirish, temir yo‘l, avtomobil yo‘llaridagi muammolarni zamonaviy yechimlarini topishga oid fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, jamoat transporti muammolarini yaxshilashda turk mutaxassislari bilan ish olib borish, kelgusida hamkorlikda transport sohasini yaxshilash, shu yo‘nalishlar bo‘yicha ikki mamlakat tajribasidan foydalanib kelgusida malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!