Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Turkiyalik mustaqil ekspert Meriem Karlik “Texnik oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni o‘rgatish” mavzuida trening o‘tkazdi.

Turkiyalik mustaqil ekspert Meriem Karlik “Texnik oliy o‘quv yurtlarida xorijiy tillarni o‘rgatish” mavzuida trening o‘tkazdi.

Unda “Xorijiy tillar 1” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Seminar – treningda hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan ingliz tilini o‘qitishda yangi innovatsion texnologiyalar, ularning dars jarayonida qo‘llanilishi afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.

Trening so‘ngida professor-o‘qituvchilar o‘zini qiziqtirgan savollar bilan ekspertga murojaat qildi va savollarga batafsil javob oldi.

Tadbirning ikkinchi qismi o‘zaro fikr almashish bilan davom etdi.

Ta’kidlash kerak, Meriem Karlik mart oyi boshida ham universitetga tashrif buyurib, unda “START UP” loyihasi doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xorijda malaka oshirish, o‘quv dasturi tuzilishi masalalari muhokama qilingan edi.

Universitetda AQSHning Ayova universiteti hamkorligida seminar o‘tkazildi. Unda Ayova universiteti pedagogi Ra’no Ma’rupova, Toshkent davlat transport universiteti ATM fakulteti dekani, Transport energetik qurilmalari kafedrasi peofessor-òqituvchilari hamda talaba- qizlar ishtirok etdi.

Ayova universiteti 1858-yil tashkil etilgan bo‘lib, biznes va qishloq xo‘jaligi injeneringi bo‘yicha birinchi 20 talikka kiruvchi va umumiy reytingda birinchi TOP 500 universitetlar safiga kiruvchi ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

Ma’ruzachi Ayova universiteti, undagi faoliyati, olib borilayotgan ilmiy ishlar, ta’lim sohasidagi yangiliklar, talabalarga dars berishdagi yangi innovatsion texnologiyalar, talabalarni magistratura yo‘nalishlarida o‘qishlarini davom ettirishlari yuzasidan kafedra professor-o‘qituvchilari bilan suhbat olib bordi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram