Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Turkiyaning Ege universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning Ege universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori B.Turayev va xorijiy mutaxassis M.Karlik, Eleketrotexnika va komyuter muhandisligi hamda Qurilish muhandisligi fakulteti dekanlari Ege universitetining prorektori Haqan Abdulgay hamda fakultetlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yangi qo‘shma diplom yoʻnalishlari hamda turk tilini oʻrganish markazi (TÖMER) ochilishi va keyinchalik bu toʻgʻrisida sertikat berilishi toʻgʻrisida kelishib olindi.
Maʼlumot uchun: Ege universitetining dastlabki ikki fakulteti 1955-yilda tashkil etilgan Tibbiyot fakulteti va Qishloq xo’jaligi fakultetidir. Huddi shu o’quv yilida hamshiralik fakulteti ham tashkil etilgan.
20 yil ichida Ege universiteti o’z akademik bo’linmalariga yangi fakultet, muassasa va maktablarni qo’shdi.
2019-yilga kelib Ege universiteti tarkibida 17 ta fakultet, 9 ta institut, 4 ta oliy oʻquv yurti, 1 ta Turk musiqasi davlat konservatoriyasi, 10 ta kasb-hunar maktabi, 6 ta rektorat boʻlimi, 37 ta amaliy va tadqiqot markazlari mavjud.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!