Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Turkiyaning Izmir shahrida Oʼzbekiston-Turkiya oliy taʼlim muassasalari forumi bo‘lib o‘tmoqda

Turkiyaning Izmir shahrida Oʼzbekiston-Turkiya oliy taʼlim muassasalari forumi bo‘lib o‘tmoqda

Shu kunlarda texnik hamda injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan 20 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlar, prorektorlari va vazirlik masʼullaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Izmir shahrida boʼlib turibdi. Forumda 80 dan ortiq Turkiya davlatining nufuzli universitet rektorlari, Izmir viloyati hokimligi, biznes strukturalari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari vakillari qatorida Toshkent davlat transport universiteti rektori O.K.Abdurahmanov boshchiligidagi universitet vakillari ham ishtirok etmoqda.
Forumni ochib bergan Ege universiteti rektori barcha mehmonlarni ko‘rib turganidan minnatdor ekanligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat transport universiteti ishtirok etayotgan ushbu nufuzli forum davomida Toshkent davlat transport universiteti va bir qator Top-1000 ro‘yxatidan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!