Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

UCHRASHUV

Bugun, 27-oktabr kuni O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi, Indoneziyadagi Gunadarma universiteti rektori, Indoneziya-O‘zbekiston do‘stlik uyushmasini rahbari, professor Eko Shri Margianti xonim Toshkent davlat transport universiteti rektori O.Q.Abdurahmonov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki rektor o’zlari rahbarlik qilayotgan universitet haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Muzokaralar jarayonida Transport universiteti va Gunadarma universiteti o’rtasidagi ta’lim, ilmiy va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar muhokama qilindi. Gunadarma universiteti va Transport universiteti o’rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish bo’yicha takliflar ko’rib chiqildi.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram