OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Umumiy sport obyektlari.

Umumiy sport obyektlari.

Respublikamizda sportni rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida yangidan yangi islohotlar amalga oshirilmoqda. Shularning natijasi o’laroq sportchilarimiz ham jahon sahnida sportning turli yo’nalishlarida yurtimiz bayrog’ini ko’klarga ko’tarishmoqda. Albatta bunday natijalarga yaratilgan shart-sharoitlarning ham hissasi beqiyos. Kelajak avlodni, yoshlarni jismonan sog’lom ma`nan yetuk qilib tarbiyalashda sport kata ahamiyat kasb etishi hech kimga sir emas. Shu boisdan ushbu sohaga e`tibor yildan yilga kuchayib bormoqda.

Xususan Toshkent davlat transport universitetida ham talaba yoshlarni ta’lim bilan bir qatorda jismonan sog’lom qilib tarbiyalash uchun barcha qulayliklarga ega, jahon talablariga mos bir nechta sport obyektlari tashkil qilingan.

Katta va kichik ochiq futbol maydonlari, basketbol maydonchasi, yopiq tennis kortlari, sport zallari, barcha qulayliklarga ega basseyn, minifootbol uchun mo’ljallangan maydonlar shular jumlasidandir.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram