Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet bitiruvchi kurs talabalari bilan “ENTER ENGINEERING” kompaniyasi oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi

Universitet bitiruvchi kurs talabalari bilan “ENTER ENGINEERING” kompaniyasi oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 28-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i M.H. Haydarov va Qurilish muhandisligi fakulteti dekan o’rinbosari F.I.Mamurova bilan birgalikda “ENTER ENGINEERING” korxonasi HR menejeri Jumaniyazov Mansur Baxadirovich va kadrlar bo‘limi mutaxassisi Amirova Nargiza Nuraliyevnalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu uchrashuvda 80 ga yaqin talaba bitiruvchilar ishtirok etishdi.
Ushbu uchrashuv davomida “ENTER ENGINERING” korxonasi HR menejeri Jumaniyazov Mansur Baxadirovich “ENTER ENGINERING” korxonasida olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirildi. Shu o‘rinda Toshkent davlat transport universitetining bitiruvchilarini ishlab chiqarish, bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etish va ishga olish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Toshkent davlat transport universiteti yaqin kelajakda mana shunday yuqori salohiyatga ega kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirib borgan holda Qurilish muhandisligi fakultetida 16 nafar bitiruvchimiz kompaniyada ishlash hohishini bildirdilar. Talabalarimiz suxbat bosqichlarini muvaffaqiyatli o’tsa kelajakda shu kompaniyada ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga to’laqonli javob olib bu tadbirdan mamnun bo’lishdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!