Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet faollar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Universitet faollar zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi A. Turg‘unov, Тоshkent shahar IIBB mas’ul xodimi B. Ismatov, Mirobod tumani IIO FMB JQB boshlig‘i A. Usmonov, 1-son IIB JQB boshlig’i M.Ro‘zibayevlar ishtirok etdi.

Yoshlarni ekstremizm g‘oyalariga berilishining oldini olish hamda ularni ilm-ma’rifat va kasb-hunarga qiziqtirish, mafkuraviy immunitetini yanada mustahkamlash, muqaddas dinimiz haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi maqsadida tashkil etilgan tadbirni universitet prorektori Dilshod Baratov olib bordi. Uchrashuv maqsadi, mehmoni bilan tanishtirib ilk so‘z navbatini Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarovga berdi.

Bosh imom xatib o‘z so‘zida ota-ona farzandining istiqboli, baxt-saodati va kelajakda barkamol avlod bo‘lib yetishini niyat qilishi, muqaddas islom dinining tom ma’nodagi ulug‘vor ta’limoti ham komil inson tarbiyasiga qaratilgani, insonning jismonan, aqlan va ruhan kamolotga yetishida islom dini ta’limotining o‘rni naqadar yuksakligi, islom dini asoslari bo‘lmish Qur’oni karim va hadisi shariflarda insonni go‘zal odob va axloqqa chaqiruvchi xushxulqlik eng oliy fazilat ekanini alohida ta’kidladi.

Islom ta’limotida kishi iymon-e’tiqodining mukammalligi uning odob-axloqiga qarab baholanadi, — deydi Nuriddin domla Xoliqnazarov. — Hadislarda Payg‘ambarimiz yaxshi axloqqa targ‘ib qilishda ham aynan iymonni asos qilib olganlari keltiriladi.

Shuningdek, Тоshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Bekmurod Ismatov ham so‘zga chiqib mavzu yuzasidan ma’ruza qildi, talabalarni ogohlik, xushyorlikka, faol va qat’iy fuqarolik pozitsiyasi asosida jamiyatda harakat qilishga chaqirdi.

Suhbatning ikkinchi qismi savol-javob bilan davom etdi. Talabalar o‘zini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Barcha fakultet va akademik guruhlarda doimiy ravishda “Jaholatga qarshi ma’rifat” hamda “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazish, uni murabbiylik, ma’naviyat va axborot soatlarida muntazam talabalarga yetkazib borish belgilandi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram