Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet iqtidorli talabalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (United Nations Development Programme) navbatdagi forumida ishtirok etdi

Universitet iqtidorli talabalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (United Nations Development Programme) navbatdagi forumida ishtirok etdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va taraqqiyot departamenti (FCDO) tashabbusi bilan “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi boʻyicha siyosiy harakatlar – II bosqich” loyihasi doirasida talabalar uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati atrofiga qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari bilan tanishish maqsadida sayohatlar tashkil etildi.
Sayohatning navbatdagi kunida iqtidorli talabalar Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Global ekologik fond hamda O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamkorligidagi “O’zbekistonda energiya samarador qishloq turar joy binolarining qurilishi rivojlantirishga ko’maklashish” qo’shma loyihasi tomonidan na’munaviy energiya samarador uy qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.
Universitetimiz talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob oldilar.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!