Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet kasaba uyushma tashkiloti tomonidan amaliy mashgʻulot oʻtkazildi

Universitet kasaba uyushma tashkiloti tomonidan amaliy mashgʻulot oʻtkazildi

Ayni kunlarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish institutida Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga aʼzo tashkilotlarining hisobchilari oʻz malakasini oshirmoqda. Malaka oshirish kursi oʻquv dasturiga koʻra 16-iyun kuni tinglovchilar Toshkent davlat transport universitetida boʻlishdi. Oʻquv kursi tinglovchilari dastlab universitet professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan soʻng tinglovchilarga universitet kasaba uyushma qoʻmita raisi tomonidan qoʻmita faoliyati, ish beruvchi tomonidan xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan ishchi-xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berildi. Shuningdek, universitet kasaba uyushmasining hisobini olib borilishi va moliyaviy hujjatlarining yuritilishi yuzasidan seminar trening tashkil etildi.
Ayniqsa, tinglovchilar tomonidan ish beruvchi va kasaba uyushma tashkilotining bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarining amalga oshirilishi mavzusi iliq kutib olindi va qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻldi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!