Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet moddiy-texnika bazasi yangi laboratoriyalar bilan toʻldirilmoqda

Universitet moddiy-texnika bazasi yangi laboratoriyalar bilan toʻldirilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaroriga asosan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida Oliy ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini mustahkamlash uchun zamonaviy laboratoriya jihozlari ta’minlash borasida joriy yilning fevral oyida Toshkent davlat transport universiteti “Qurilish muhandisligi” fakulteti “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasiga yangi «Xromatograf-Kristall 9000» Xromatograf laboratoriya jihozi keltirildi va bugun ushbu qurilma kafedra laboratoriya xonasiga o’rnatilib, ishga tushirish va sozlash ishlari amalga oshirildi.
Keyingi ikki kun davomida ta’minlovchi tashkilot tomonidan kafedra professor-o’qituvchilari va laborantlariga ushbu qurilmada ishlash ko’nikmalari o’qitiladi.
Xromatograf “Chromatograph-Crystal 9000” gazsimon muhit, suyuq va qattiq moddalar va materiallardagi komponentlar tarkibini o’lchash uchun mo’ljallangan. Xromatograflarning ishlash printsipi gaz-adsorbsion yoki gaz-suyuqlik xromatografiyasi yo’li bilan namuna komponentlarini ajratish, so’ngra dasturiy ta’minot yordamida xromatografik signallarni aniqlash va qayta ishlashga asoslangan. Ishlash rejimiga ko’ra, xromatograflar ko’p tsiklli ta’sir ko’rsatadigan qurilmalar tarkibiga kiradi. Ushbu xromatograf alanga-ionlash detektorini o’z ichiga oladi.
Xromatograf mustaqil “Chromatek Analytic” dasturi bilan jihozlangan bo’lib, u xromatografni nazorat qilish, tahlil qilish, ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlashni ta’minlaydi.
Keraksiz va qasddan o’zgarishlardan dasturiy ta’minotni himoya qilish darajasi “Yuqori” darajaga mos keladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!