Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet professor-o’qituvchilari va doktorantlari Buxoro viloyati avtomobil yo’llari hududiy bosh boshqarmasiga tashrif buyurdilar.

Universitet professor-o’qituvchilari va doktorantlari Buxoro viloyati avtomobil yo’llari hududiy bosh boshqarmasiga tashrif buyurdilar.

Toshkent davlat transport universiteti rektori O.K.Abduraxmonovning 02.03.22 yildagi 09-01/1167 buyrug‘iga asosan, 2022 yilning 4-5 mart kunlari “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasining professor-o‘qituvchilari va doktorantlari Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi, Buxoro yo’l xo’jaligi xodimlari malakasini oshirish ilmiy-tadqiqot o’quv markazi xodimlari, Buxoro avtomobil va yo’llar texnikumi o’qituvchilari qatnashdilar. Seminar davomida Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yo’llari muhandisligi fakultetining Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash kafedrasi professor o’qituvchilari dotsent R.M.Xudayqulov, professor B.D.Salimova, dotsent F.X.Ikramova, assistent M.T.Kazakbayeva va tayanch doktorantlar X.D.Abdullayev, X.X.Ergashev, D.E.Aralovlar tomonidan kafedrada olib borilayotgan “Xo‘jalik yo‘llarini loyihalashning o‘ziga xosliklari”, Mahalliy materiallardan foydalangan holda yo‘l to‘shamalari konstruksiyalarini loyihalash va ularni kuchaytirish”, “Avtomobil yo‘llarini ko‘chuvchi qumlardan himoya qilish” (muammo va yechimlar), “Sho‘rlangan gruntli yo‘l ko‘tarmalarining hisobiy tavsiflarini yaxshilashning uslubiy asoslari” mavzularidagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha ma’ruzalar qilindi. Seminar soha vakillari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ular o’zlarini taklif va mulohazalarini bildirib o’tdilar. Kafedra professor-o’qituvchilari Buxoro viloyati hududidan o’tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-380 “Guzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo’lini Osiyo taraqqiyot banki mablag’lari hisobidan qayta qurilayotgan qismlarida zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilayotgan qurilish texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!