Musobaqa O‘zbekiston kurash federatsiyasi hamda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Respublika Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida kurash sport turini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqa 2-aprelga qadar davom etadi.
Milliy g‘ururimizni oshiradigan, ma’naviy salohiyatimizni namoyon etadigan kurash musobaqasi Siz, aziz talaba-yoshlarni birlashtirganidan mamnunman, — deydi universitet rektori Odiljon Abduraxmanov musobaqaning ochilish marosimida. — Bugungi voqea o‘smirlarimiz o‘rtasida ommaviy sport musobaqalariga asos bo‘layotgani va oliy ta’lim muassasalarining yakdilligi bilan ham qadrlidir.
Barcha hududlardan kelgan terma jamoa a’zolari o‘rtasidagi bahsni O‘zbekiston kurash federatsiyasi hakamlari baholab bormoqda.