Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet talabalari bandligini ta’minlash maqsadida “China Construction Sausum” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

Universitet talabalari bandligini ta’minlash maqsadida “China Construction Sausum” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

Tadbirda kompaniyaning marketing menedjeri Chen Si Jia, marketing tarjimoni A. Sobirov ishtirok etdi. Tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad kompaniya to’g’risida kengroq talabalarga ma’lumot berish va kelgusida talabalarni China Construction Sausum kompaniyasida stajirovka o’tashiga va ishga joylashtirishga keng imkoniyat yaratish ekanligini kompaniyaning marketing menedjeri Chen Si Jia ta’kidlab o’tdi. Kompaniya Bino qurilshi va uning infratuzilmasi, arxitektura dizayni, shaharsozlik, muhandislik tadqiqotlari va kommunal loyihalash, ko’chmas mulkni rivojlantirish va qurilishni moliyalashtirish, yashil qurilish, energiya tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish va elektron tijorat kabi bir necha qurilish sohalari ustida ishlab kelmoqda. Mamlakatimizda ayni vaqtda kompaniya HAI TONG city loyihasi, O’zbekistonda 1500 MVt quvvatga ega gazdan mustaqil kombinatsiyalangan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi ustida qurilish ishlarini olib bormoqda. Yig’ilish so’nggida Qurilish muhandisligi fakultetining 20 nafar talabalarining anketa ma’lumotlari olindi. Kelgusida ushbu talabalarga China Construction Sausum kompaniyasida ishlash imkoniyati yaratiladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!