Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet talabasi gʻoliblar safida

Universitet talabasi kurash boʻyicha “Mirobod tuman prokurori” kubogi sovrindori bo’ldi

Joriy yilning 14-iyul kuni Toshkent davlat transport universiteti milliy kurash boʻyicha “Mirobod tumani prokurori” kubogiga mezbonlik qildi. Musobaqada Mirobod tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig’i, Toshkent shahar prokuror oʻrinbosari hamda universitet vakillari ishtirok etdi. Toshkent shahrining jami 12 ta tumanidan saralangan 100 dan oshiq kurash ustalarining mahoratlariga baho berildi. Quvonarlisi, murabbiy E. Rustamov qoʻli ostida shug’ullanib kelayotgan universitet talabasi M. Joʻrayev faxrli 3-oʻrinni egalladi. G’olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!