Slovakiya Respublikasining Koshitse shahrida o‘tkazilayotgan TRIGGER loyihasi doirasida Toshkent davlat transport universiteti “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” va Slovakiyaning Koshitse Texnika universiteti “Elektrotexnika va informatika” fakultetlari o’rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Kelishuvga asosan, professor o’qituvchilar hamda talabalar o’zaro almashinuvi, konferensiyalar o’tkazish, ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish, ilmiy maqolalar chop etish kabi ishlar yo’lga qo’yiladi. Bundan tashqari Koshitse Texnika universiteti o’quv va ilmiy jarayon hamda universitet qoshidagi “TECHNIKOM” ilmiy parki faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shohsanam Maxamadjanova