Joriy yilning 11-may kuni “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi professor-o’qituvchilari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ “Qolmоqir” kon boshqarmasi qoshidagi o’quv markaziga hamkorlik asosida tashrif buyurdi. Korxona mutaxassislari tomonidan, professor-o’qituvchilarga seminar trening o’tkazildi.
Kun davomida “Qolmoqir” va “Yoshlik” konlariga ekskursiya uyushtirildi. Kondagi rudalarni qazib olish texnоlogik jarayonlari professor-o’qituvchilarda katta qiziqish uyg’otdi, shu bilan birga kon yo’llaridagi mavjud muammolari bilan tanishdilar.