Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet vakillari Transport vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazdi

Universitet vakillari Transport vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazdi

Adabiyot xalqimizning tarixini, qadriyatlarimizni asrlardan asrlarga olib oʻtayotgan hayotimizning ajralmas bir boʻlagidir. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan adabiyotga, maʼnaviyatga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Sohani rivojlantirish, maʼnaviy hayotimizda oʻchmas iz qoldirgan atoqli yozuvchi va shoirlarning tarixiy xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning madaniy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, maʼnaviylik va maʼrifiylik xalqimizning koʻp asrlik tarixi davomida doimo uning eng kuchli oʻziga xos xususiyati boʻlib kelgan. Joriy yilning 31-mart kuni Transport vazirligida oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat transport universiteti oʻqituvchisi M.Abdullayeva hamda 2-kurs talabasi M.Melibayeva adib hayoti va ijodi toʻgʻrisidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!