Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet vakillari Turin politexnika (Italiya) universitetida qisqa muddatli oʻquv kurslarida ishtirok etmoqda

Universitet vakillari Turin politexnika (Italiya) universitetida qisqa muddatli oʻquv kurslarida ishtirok etmoqda

Ma’lumki, Toshkent Davlat Transport Universiteti prorektori Abdulaziz G‘ulomov boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 23-25-mart kunlari Turin politexnika universitetida (Turin, Italiya) bo‘ldi. “Markaziy Osiyoda Big data intellektual tahlili bo‘yicha o‘quv-tadqiqot markazlari va kurslarini tashkil etish – ELBA” (“ELBA loyihasi”) loyihasining “ERASMUS+” xalqaro ilmiy-taʼlim granti rahbarlari (menejerlari, koordinatorlari) yigʻilishida ishtirok etishdi.
Shunindek, ELBA loyihasi doirasida joriy yilning 28-martidan 8-apreliga qadar davrda, shu yerda, Turin politexnika universitetida (Turin, Italiya) ELBA loyiha jamoalari, shu jumladan, Toshkent Davlat Transport Universiteti uchun qisqa muddatli oʻquv kurslari oʻtkazilmoqda.
Kurslarda Toshkent davlat transport universitetining ELBA loyiha jamoasidan universitet kafedralari o‘qituvchilari Azizbek Sarmonov, Sharofiddin Pirnaev, Baxtiyor To‘raqulov, Sardor Mirxoliqov, shuningdek, magistratura talabasi Bexruz Halimovlar ishtirok etmoqda.
O‘quv kurslari joriy yilning 28-martidan ELBA loyihasining yevropalik koordinatorlaridan biri Turin politexnika universiteti professori Roberto Fontana rahbarligida boshlandi. O‘qishning birinchi kunida ushbu kurslarda Toshkent Davlat Transport Universitetining ELBA loyihasi koordinatori (menejeri) “Texnologik mashinalar muhandisligi” kafedrasi dotsenti Sharabidin Asranov ham ishtirok etdi.
Kurslar 10 kun davomida quyidagi uchta modul bo’yicha o’tkaziladi:
– ma’lumotlar fanida statistik usullar (3 kun);
– yirik masshtabli masalalar uchun hisoblash chiziqli algebra (6 kun);
-tajribalarni rejalashtirish (1 kun).
O‘quv kursini tamomlagandan so‘ng barcha kurs tinglovchilariga kursni tamomlaganlik va o‘quv materiallarini o‘zlashtirganliklari to‘g‘risida sertifikatlar beriladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!