Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet vakillari Turin Politexnika Universitetida (Turin, Italiya) xalqaro treningda ishtirok etmoqda

Universitet vakillari Turin Politexnika Universitetida (Turin, Italiya) xalqaro treningda ishtirok etmoqda

Ayni paytda Turin Politexnika Universitetida (Turin, Italiya) Erasmus+ “Markaziy Osiyoda Big data intellektual tahlili bo‘yicha o‘quv-tadqiqot markazlari va kurslarini tashkil etish – ELBA” loyihasi rahbarlaridan iborat delegatsiyasi qabul qilinmoqda.

Delegatsiya Toshkent Davlat Transport Universiteti prorektori Abdulaziz Gulamov, “Muhandislik va texnologiya” kafedrasi dotsenti Sharabidin Asranov va “Muhandislik va texnologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisidan iborat.

Tadbirlar 23 dan 25 martgacha bo’lib o’tadi. Transport universitetida ushbu kurslarni targ’ib qilishga doir nutq so’zlash rejalashtirilgan.
Loyiha maqsadi – yo’l qurilishi mashinalari va mexanizmlari, shuningdek, yo’l sohasida qo’llaniladigan texnologik transportlarni ishlatishda resurslar sarflanishi masalalari bo’yicha Big Datani intellektual tahlil modulli kurslari paketlarini ishlab chiqishdir. (magistraturaning – yo’l transporti va yo’l qurilish texnikasidan foydalanish yo’nalishi uchun).

Ushbu loyihaning ishtirokchilari 13 ta universitetdan iborat bo’lib, jumladan, 3 ta Yevropa universiteti (Santyago de Kompostela universiteti (Ispaniya), Turin politexnika universiteti (Italiya), Primorska universiteti (Sloveniya) Universitetlari ham shu qatordan o’rin olgan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!