Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

UNIVERSITET XALQARO REYTINGI

UNIVERSITET XALQARO REYTINGI

Xabaringiz bor universitet Ilmiy boʼlimi va Iqtidorli talabalar boʼlimi THE xalqaro reytingga kirish boʼyicha katta koʼlamdagi ishlarni amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada 2021-yil natijalari boʼyicha amalga oshirilgan ilmiy-innovatsion, oʼquv-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha maʼlumotlar reyting agentiligiga taqdim etildi. Bir necha oylar davomida agentlik ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan taxlil, sinov, intervyu, seminarlar natijasida universitet maʼlumotlari qabul qilindi.

THE Impact Rankings reytingi Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (THE) tashkiloti tomonidan chop etiladi. THE oliy ta’lim sohasiga oid muhim masalalarni yoritadi va universitet faoliyatlarini baholash bo‘yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi.

THE Impact Rankings reytingining asosiy maqsadi BMT tomonidan 2030-yilga qadar mo‘ljallangan Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirishda OTMlarning ta’sirini baholashdan iboratdir.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!