Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet xalqaro reytingini oshirish bo‘yicha Times Higher Education (THE) reyting agentligining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Lachin Italmazova bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Universitet xalqaro reytingini oshirish bo‘yicha Times Higher Education (THE) reyting agentligining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Lachin Italmazova bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Har sohada innovatsiya. Universitet xalqaro reytingini oshirish bo‘yicha Times Higher Education (THE) reyting agentligining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Lachin Italmazova bilan muzokaralar o‘tkazildi. Kun tartibida universitetning THE Impact Rankings bo‘yicha 2021-yil natijalari sarhisobi amalga oshirildi. Shuningdek, universitetni THE World University Rankings bo‘yicha 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi muhokama etildi. Ekspertlar bahosiga ko‘ra, 2021-yil natijalariga ko‘ra, universitet THE Impact Rankings bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, dastlabki natijalar 2022-yilning mart oyidagi onlayn uchrashuvda tahlili taqdim etiladi. Bunda Times Higher Education barcha rasmiy natijalari 2022-yilning 27-aprelida Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro sammitda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun: THE Impact Rankings reytingi Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (THE) tashkiloti tomonidan olib boriladi. THE oliy ta’lim sohasiga oid muhim masalalarni yoritadi va universitet faoliyatini baholash bo‘yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi. Reytingining asosiy maqsadi Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 2030-yilga qadar mo‘ljallangan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) amalga oshirishda OTMlar ishtiroki va hissasini baholashdan iborat.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!