Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet xodimlari farzandlari orasida eng yaxshi ijodkor bolalar taqdirlandi

Universitet xodimlari farzandlari orasida eng yaxshi ijodkor bolalar taqdirlandi

Xabaringiz bor, universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari farzandlari uchun she’riyat tanlovi e’lon qilingan edi.
Buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda shoir va davlat arbobi Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligini munosib nishonlash, jamoa farzandlarining sheʼriyat va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, yosh iqtidor sohiblarining yangi qirralarini kashf etish maqsadida tashkil etilgan onlayn tanlovning natijalari e’lon qilinib, bugun g‘oliblar taqdirlandi.
Tanlovda universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari jamoasining 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirok etdi. Bolalardan ikki buyuk adib ijodiga mansub g‘azal, she’rlari o‘qilgan 80 ga yaqin video kelib tushdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!