Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet xodimlari Istanbulda trening kurslarda qatnashmoqda

Universitet xodimlari Istanbulda trening kurslarda qatnashmoqda

Jahon banki tomonidan moliyalashtiralayotgan loyiha doirasida “Temir yo’l signalizatsiya-aloqa boshqarmasining temir yo’l avtomatika va telemexanika qurilmalarini texnik hujjatlashtirish bo’yicha innovatsion interaktiv elektron me’yoriy formatini ishlab chiqish” loyihasida amaliy mashg’ulotlar boshlandi.

Mashg’ulotlar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, monitoring, ish jarayonini raqamlashtirish (shu jumladan, raqamli hujjat yuritish) va boshqa turli innovatsion yechimlarni ishlab chiquvchi Turkiyaning yetakchi UESTCO kompaniyasida olib borilmoqda.

Bundan tashqari, mashg’ulotlar davomida Istanbulning Yildiz universiteti professori, COREXAS kompaniyasi bosh direktori janob Özgur Kaymakçi tomonidan olib borilgan, temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlarni loyihalashda ishonchlikni ta’minlash usullari, raqamlashtirish orqali tizimni loyihalashda xatoliklarni aniqlash, elektron hujjat yuritish usullari haqida ma’ruzalar tinglandi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram