Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet xotin-qizlari uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat tashkil etildi

Universitet xotin-qizlari uchun Toshkent shahri bo‘ylab sayohat tashkil etildi

Xabar berganimizdek, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kecha universitet bir guruh xotin-qizlarining Toshkent shahri bo‘ylab sayohati tashkil etildi.
Universitet kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayohat ikki qavatli ekskursiya avtobuslarida amalga oshirildi.
Sayohat Amir Temir xiyobonidan boshlanib, Oloy bozori, “Tashkent land”, Akvapark, Toshkent teleminorasi, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, o‘zbek mahallalari, Minor masjidi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Hazrati imom majmuasi va boshqa me’moriy yodgorliklar bilan davom etdi.
Har yili bayram arafasida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga xotin-qizlar sayohatlarini tashkil etish an’anaga aylangan, — deydi universitet kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ilyos Xolboyev. — Universitet rivojiga munosib hissasini qo‘shayotgan, faol, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlardan iborat 50 nafarga yaqin xotin-qizlarning bepul sahoyatini amalga oshirdik. Shuningdek, shu kunning o‘zida sport musobaqalarini ham o‘tkazib 150 nafarga yaqin ayol-xodimlar qamrab olinib, barchaga esdalik sovg‘alarni ulashdik.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!