Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitet yoshlari Minskga jo’nab ketadi

Universitet yoshlari Minskga jo’nab ketadi

Joriy yilning 5-12 iyulь kunlari Minskning Belarusь milliy texnika universiteti (BMTU)da Toshkent davlat transport universiteti yoshlari uchun “Xalqaro yozgi maktab” tashkil etiladi. Bugun “Xalqaro yozgi maktab”ning dastlabki tinglovchilarini kuzatish marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda universitet rektori Odil Abduraxmanov ishtirok etdi.

Universitet rahbari yig’ilish ishtirokchilarini “Yoshlar kuni” bilan samimiy tabrikladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida intellektual taraqqiyotni jadallashtirishga, o’sib kelayotgan yosh avlodni aqliy va ma’naviy barkamol insonlar etib voyaga yetkazishga doimiy e’tibor qaratilayotgani, buning samarasida yoshlar o’rtasida innovatsion xalqaro hamkorlik rivojlanayotganligini ta’kidladi.

– Ota-onangiz Sizlarga katta umid, yuksak ishonch bilan ko’z tikib turibdi. Qolaversa, katta oila – Universitet jamoasi zimmangizga qanchalik katta mas’uliyat yuklanganligini yaxshi anglab turibsiz, – dedi universitet rektori Odil Abdurahmanov. – Talabalarimizning orzu-umidlarini amalga oshishida Transport universiteti asosiy ta’yanch markazi bo’lib qoladi.

“Xalqaro yozgi maktab”ning dastlabki tinglovchilari Universitet ishonchiga munosib bo’lishini bildirdilar.

Leave a Reply