Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitetda talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus jumladan, jismonan sog‘lom…

Universitetda talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus jumladan, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, faol, qat’iy fuqarolik pozitsiyasiga ega mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida turli to‘garaklar, sport mashg‘ulotlari faoliyat yurtimoqda. Mini futbol, dzyudo, futbol, stol tennis, sheyping va davolash, kurash, karate, voleybol – shular jumlasidan.

Darslardan bo‘sh vaqtimda universitet sport to‘garaklarida doimiy qatnashaman, — deydi yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, ikkinchi bosqich talabasi Shukrullo Ro‘ziboyev. — Bu esa jismonan sog‘lom bo‘lish bilan birgalikda, diqqatimning kuchayishiga ta’sir qiladi, idrok etish qobiliyatim oshadi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchi va xodimlar uchun ham shunday to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, universitet jamoalari turli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritmoqda.

Хotin-qizlar o‘rtasida “Аyollar spartakiada”sining Toshkent shahri musobaqalarida universitetmiz jamoasi stritbol sport turida faxrli birinchi o‘rinni egalladi, — deydi universitet xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahat kengashi raisi Yoqutxon Xakimova. — Bu esa oliy ilm dargohimizda sportga berilayotgan e’tibor, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarimizning natijasi deyish mumkin. O‘ylaymanki, bunday yutuqlarni davomiy qo‘lga kiritib boramiz.

Ta’kidlash kerak, universitet jamoasining musiqa, teatr va san’atga qiziqishlarini hisobga olib, joriy yilning 5-aprelidan pianino chalish, ashula aytish va musiqa ijro etishga bag’ishlangan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram