Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universiteti Elsevier xalqaro tashkilotining mintaqaviy direktori Yasemin Solay o’rtasida ilk rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi

Universiteti Elsevier xalqaro tashkilotining mintaqaviy direktori Yasemin Solay o’rtasida ilk rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 28-mart kuni soat 11-00 da Elsevier xalqaro tashkilotining mintaqaviy direktori Yasemin Solay bilan Toshkent davlat transport universiteti o’rtasida ilk rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda nufuzli xalqaro jurnallar hamda indekslanuvchi bazalar (Scopus va Web of Science) metodologiyasi, maqola chop etish ko’rsatkichlari hamda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o’qituvchilar erishayotgan yutuqlar hamda yo’l qo’yayotgan kamchiliklar to’g’risida tanqidiy-tahliliy tarzda onlayn suhbat uyushtirildi. Ushbu uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti nomidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Shaumarov Said Sanatovich, Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i Merganov Avaz Mirsultanovich, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi muhandislari Yaxshiyev Shahzod Sherali o’g’li va Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Mas’umxon ishtirok etishdi.

Shohsanam Maxamadjanova

Ushbu suhbat juda qizg’in va taassurotlarga boy bo’ldi, suhbat davomida Toshkent davlat transport universitetining xalqaro reytinglardan o’rin olish imkoniyatlarini oshirish maqsadida, ilmiy-tadqiqot ishlarida nimalarga e’tibor qaratishi, qanday qilib muvaffaqiyat qozonishi kabi savollarga javob berishdi. Uchrashuv so’ngida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko’rib chiqildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!