Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitetimiz delegatsiyasi Sileziya texnologiya universitetiga tashrif buyurdi

Universitetimiz delegatsiyasi Sileziya texnologiya universitetiga tashrif buyurdi

Universitetimiz delegatsiyasi dunyoga mashhur, xalqaro maydonda muhim o‘ringa ega universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlash uchun Sileziya Texnologiya Universiteti bilan tanishish uchun universitetga tashrif buyurdi. Uchrashuvda universitet tomonidan umumiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor DSc, prof. Boguslav Lazars, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor prof. Gregos Klapita, Transport va aviatsiya muhandisligi fakulteti dekani prof. Piotr Folega, Skopus va Web of Science bazasida bo‘lgan “Transport muammolari” jurnali bosh muharriri prof. Aleksandr Sladkovski va boshqalar ishtirok etishdi.
Tashrif davomida universitet faoliyati, laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan batafsil tanishib chiqildi. Kelajakda birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish va “Transport muammolari” jurnalida nashr qilishga kelishildi. Shuningdek,Toshkent davlat transport universiteti talabalari birinchi kursda o‘qigan barcha kreditlari inobatga olinib, o‘qishini Transport va aviatsiya muhandisligi, ko‘priklar va yo‘llar, intellektual transport tizimlari, transport iqtisodiyoti va boshqa yo‘nalishlarda o‘z o‘qishini ikkinchi kursdan davom ettirishini hamda har yili PhD o‘qish uchun 5 tagacha to‘liq stipendiya berilishiga kelishib olindi. Bu esa ilmiy salohiyatni yanada o‘stirish uchun muhim qadam.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!