Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitetimiz o‘qituvchisi «El-yurt umidi» jamg‘armasi Sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Universitetimiz o‘qituvchisi «El-yurt umidi» jamg‘armasi Sertifikatini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2021 yil 30 sentabrdagi qaroriga muvofiq navbatdagi 3-stipendiya tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Quvonarlisi, mazkur tanlovda Toshkent davlat transport universiteti vakilli, Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash kafedrasi assistenti Azizjon Karimjon o‘g‘li Qayumov ham g‘olib bo‘lib, maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi. Endilikda o‘qituvchimiz ushbu Sertifikat bilan Belarus milliy texnika universiteti doktoranturasida tahsil oladi.

Toshkent davlat transport universitetining ko‘p sonli jamoasi nomidan Azizjon Qayumovni ushbu tanlovda ko‘rsatgan bilim va iqtidori natijasi sifatida bildirilgan yuksak ishonch va e’tirof bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram