Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Universitetimiz professor-o‘qituvchilarining Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 30 – mehribonlik uyiga tashrifi amalga oshirildi.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilarining Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 30 – mehribonlik uyiga tashrifi amalga oshirildi.

Kecha “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 30- mehribonlik uyiga tashrifi amalga oshirildi.

Professor-o‘qituvchilarga mehribonlik uyi direktorining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik U. Parajilaev hamrohlik qildi.
Tashrif doirasida tarbiyalanuvchilar bilan adabiyotimizning yirik vakili, buyuk shoir, geograf, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag‘ishlab suhbat o‘tkazildi.

So‘ngra mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining qiziqishlari so‘raldi. Ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini yanada boyitish maqsadida yurtimizda yetishib chiqqan olim-u mutafakkirlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar.

Tashrif so’ngida kompyuter tashqi qurilmalari sovg’a qilindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!